Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imtiyozli toifadagi shaxslarga budjet hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatuvchilarga qo‘yiladigan talablar e'lon qilindi
“Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlariga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Maslahat, diagnostika va konservativ davolashdan iborat bo‘lgan statsionar tipdagi tibbiyot tashkiloti uchun talablar quyidagicha:
- nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun tibbiy faoliyatga litsenziyaning mavjudligi;
- ixtisoslik turiga belgilangan moddiy texnik bazaning Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan “Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablar”da statsionar yo‘nalishga belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi;
- sterilizatsiya, klinik laboratoriya, intensiv terapiya bo‘limlarining mavjudligi;
- ixtisoslik (ixtisosliklar) doirasida ambulator-poliklinika xizmatining tashkil etilgani;
- davolovchi shifokorlarda malaka toifasining bo‘lishi.
Maslahat, diagnostika, konservativ va operativ davolashdan iborat bo‘lgan statsionar tipdagi tibbiyot tashkiloti uchun A-bandda nazarda tutilgan talablarga qo‘shimcha ravishda:
- anesteziologiya va reanimatologiya bo‘limi;
- kamida 2 ta operatsiya xonalarining mavjudligi;
- xirurg shifokorda kamida birinchi malaka toifasining bo‘lishi lozim.
Bildirilishicha, ishlab chiqilgan talablar faqat imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga budjet mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatmoqchi bo‘lgan nodavlat tibbiyot tashkilotlariga nisbatan belgilangan. Ushbu talablarga muvofiqlik nodavlat tibbiyot tashkilotlari bilan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi o‘rtasida tegishli mazmundagi ixtiyoriy shartnoma imzolanishida o‘rganiladi.
Mavzuga oid
09:09 / 06.12.2023
Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiy muassasalariga pulli tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
16:37 / 11.10.2023
Aholiga yaqinlashtirilgan tibbiyot: Qo‘shrabotning olis tog‘li qishloqlarida bir kun
15:13 / 11.02.2023
Mahallalarda yurgan ko‘chma shifoxonalar
09:57 / 06.05.2022