Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  Tungi ko‘rinish 
Namanganda 7-sinf o‘quvchisi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi
Namanganda Nexia-3 7-sinf o‘quvchisini urib ketdi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi.
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida Nexia-3 yo‘ldan o‘tayotgan piyodani urib yubordi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, 2021 yil 21 oktabr kuni soat 15:00 larda Uchqo‘rg‘on tumani «Qumto‘g‘on» MFY Yangiobod ko‘chasida Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Nexia-3 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Uchqo‘rg‘on tumanida yashagan, tumandagi maktabning 7-sinf o‘quvchisi, 2008 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.
Oqibatda 13 yoshli bola olgan tan jarohati tufayli shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 21 oktabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
 
                        20:20 / 27.05.2025
Uchqo‘rg‘on hokimligi xodimi ikki ayolidan farzandlariga bir necha yillik aliment qarzini to‘lamayapti
 
                        16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
 
                        15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
 
                        13:07 / 27.07.2024
 
               
             
              