O‘zbekiston | 20:34 / 30.10.2021
3369
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda to‘y kortejida qatnashib qoidalarni buzib harakatlangan haydovchilarga chora ko‘rildi

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida bir guruh haydovchilarning to‘y kortejida qatnashib, yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda harakatlangani tasvirlangan videolavha tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, qoidabuzar haydovchilar aniqlanib, ularga chora ko‘rilgan.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 23 oktyabr kuni Jomboy tumani hududidan o‘tuvchi 4K512 avtomobil yo‘lining 2-kilometrida to‘y kortejida qatnashgan Jiguli, Nexia va Spark mashinalari qoidalarni buzib harakatlangan.

Viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan qoidabuzar haydovchilarning shaxsiga aniqlik kiritilib, ularga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma'muriy choralar ko‘rilgan.

Mavzuga oid