Jahon | 22:44 / 30.10.2021
8712
1 daqiqa o‘qiladi

Toliblar Rossiyada o‘tkazilgan muzokaralarni muvaffaqiyatli deb baholadi

«Tolibon» delegatsiyasi Qatar va O‘zbekistonda ham muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: RIA Novosti

«Tolibon» vakili Zabihulla Mujohid harakat vakillarining Moskvaga safari bo‘yicha izoh berdi.

Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, toliblarning Rossiya hukumati vakillari bilan uchrashuvi Afg‘onistonda barqarorlikni saqlash, mamlakat aktivlarini blokdan chiqarish va mintaqada qo‘llab-quvvatlanishga bag‘ishlandi.

Muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tdi, dedi u.

Bundan tashqari, «Tolibon» delegatsiyasi Qatar va O‘zbekistonda ham bo‘ldi.

Toshkentda O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasidagi xavfsizlik va bojxona xizmatlari hamkorligi, Dohada esa Qatar bilan savdo aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi, dedi Mujohid.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid