O‘zbekiston | 08:32 / 30.10.2021
5826
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda bozorlardagi narxni monitoring qilish bo‘yicha «Bozor narxi» tizimi joriy etiladi

Toshkent shahri bozorlari va savdo shoxobchalaridagi asosiy tovarlar bo‘yicha narxlarni monitoring qilish bo‘yicha “Bozor narxi” axborot tizimi joriy etiladi. Bu haqda poytaxt hokimining tegishli qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

“Bozor narxi” axborot tizimi joriy yilning 1 noyabridan boshlab, tajriba tariqasida Toshkent shahrining barcha dehqon bozorlarida amaliyotga joriy etiladi.

Axborot tizimiga 33 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar o‘z vaqtida kiritiladi va ularning haqqoniyligiga mas'ul bo‘lgan har bir dehqon bozoridan bir nafardan asosiy va bir nafardan zaxira xodimlar (operator) biriktiriladi.

Toshkent shahridagi dehqon bozorlariga har kunlik keltirilgan, sotilgan asosiy turdagi qishloq-xo‘jaligi mahsulotlari hajmi, eng quyi va yuqori narxlari, navi, turi va boshqa ma'lumotlarni “Bozor narxi” axborot tizimiga bir kunda 2 marotaba (kun boshi va oxirida) muntazam kiritib boriladi.

Toshkent shahrida joylashgan bozorlar va savdo shoxobchalarida sotilayotgan 33 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari nomlari
 
1. Mol go‘shti
2. Qo‘y go‘shti
3. Tovuq go‘shti
4. Baliq
5. Tuxum (ming d.)
6. Kartoshka
7. Piyoz
8. Sabzi qizil
9. Sabzi sariq
10. Pomidor
11. Bodring
12. Karam
13. Guruch
14. Loviya
15. No‘xat
16. Mosh
17. Un (Oliy nav)
18. Un (Birinchi nav)
19. Makaron
20. Kungaboqar yog‘i
21. Paxta yog‘i
22. Shakar
23. Sariyog‘
24. Sut
25. Olma
26. Nok
27. O‘rik
28. Shaftoli
29. Uzum
30. Olxo‘ri
31. Tarvuz
32. Qovun
33. Qovoq

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid