Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hakerlar zargarlik uyidan Tramp, Bekhem va Dubay amiri haqidagi ma'lumotlarni o‘g‘irladi
Rossiya bilan bog‘liq deb taxmin qilinuvchi Conti hakerlik guruhi Londonda joylashgan Graff Diamonds zargarlik uyi kompyuter tizimidan mijozlar haqidagi ma'lumotlarni o‘g‘irladi. Ular orasida AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, ingliz futbolchisi Devid Bekhem va Dubay amiri Muhammad bin Rashid Ol Maktum bor.
Graff Diamonds mijozlari orasida siyosatchilar va futbolchilardan tashqari, Alek Bolduin va Tom Henks kabi Hollivud aktyorlari ham bor.
Darknetda 11 ming mijozning ma'lumotlari e'lon qilingan. Hakerlarning ta'kidlashicha, bu o‘g‘irlangan fayllarning 1 foizinigina tashkil qiladi.
“Biz ma'lumotlari o‘g‘irlangan mijozlarni bu haqda ogohlantirdik va ularni tegishli choralarni ko‘rishga chaqirdik”, deb aytilgan zargarlik uyida.
Kiberekspertlarning ta'kidlashicha, hakerlar yaqin orada ma'lumotlar uchun kriptovalutada yoki zeb-ziynat buyumlarida evaz puli talab qilishi mumkin.
Mavzuga oid
15:52 / 19.08.2023
Odam tanlamaydigan “huquqiy mashina”. Tramp nega ta’qib qilinmoqda?
15:51 / 14.04.2022
Bayden ortidan Tramp ham Ukrainada tinch aholi o‘ldirilishini genotsid deb atadi
19:04 / 17.03.2022
Tramp Rossiyaning Ukrainaga kirganidan hayron bo‘lganini aytdi
21:10 / 09.02.2022