Jamiyat | 10:56 / 31.10.2021
2554
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Yuk ortilgan Kamaz ag‘darilib ketdi

Samarqand viloyati Toyloq tumanida «GAZ-24», «GAZ-53» yuk mashinasi va «Kamaz» yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. «Kamaz» mashinasi ag‘darilib ketgan. Bu haqda hodisa guvohi bo‘lgan Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, joriy yil 29 oktyabr kuni soat 18:30 larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-50 Toyloq-Urgut avtomobil yo‘lining Toyloq tumani hududidan o‘tgan qismida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Kun.uz manbasining ma'lum qilishicha, avval «GAZ-5»3 va «GAZ-24» mashinalari o‘zaro to‘qnashgan. So‘ng, Urgut-Toyloq yo‘nalishida harakatlanib borayotgan «Kamaz» mashinasi haydovchisi ular bilan to‘qnashmaslik uchun rulni keskin burib yuborgan. Oqibatda ustiga quruq meva ortilgan «Kamaz» yo‘l chetiga chiqib ketgan va fuqarolardan birining hovlisining devorini yiqitib ag‘darilgan.

Manbaning aytishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasida hech kim vafot etmagan va og‘ir tan jarohatlari olmagan. Faqat har uchala transport vositasi turli darajada shikastlangan.

Mavzuga oid