Jahon | 08:35 / 01.11.2021
5055
2 daqiqa o‘qiladi

G20 pandemiyadan keyingi tiklanish bo‘yicha choralarni belgilab oldi

“Katta yigirmatalik” davlatlari yetakchilari Rimda 30-31 oktyabrda o‘tgan 16-sammit yakunlariga ko‘ra yakuniy bayonot qabul qildi. G20 unda koronavirus pandemiyasi, iqtisodiy tahdidlar, global isish, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish choralari bo‘yicha kelishib oldi.

Foto: consilium.europa.eu

Asosiy masalalar orasida emlanganlik haqidagi sertifikatlarga umumiy talablarni ishlab chiqish va pandemiya sharoitida xalqaro safarlarni tiklash bo‘ldi.

Quyida “Katta yigirmatalik” belgilab olgan choralarning asosiylari keltirilgan.

COVID-19 pandemiyasi bo‘yicha

  • koronavirusga qarshi vaksina va dorilardan barchaning foydalanishini ta'minlash;
  • xalqaro safarlarda umumiy standartlar, jumladan emlanganlik haqidagi sertifikatlarga talablarni ta'minlash;
  • 2022 yil yarmigacha dunyo aholisining 70 foizini emlash;
  • pandemiya sharoitida vaksinalar ishlab chiqilishi muddatini 300 kundan 100 kungacha qisqartirish.

Iqtisodiyot bo‘yicha

  • iqtisodiyotga ta'sir ko‘rsatuvchi global tahdidlarga qarshi kurashish;
  • transchegaraviy korrupsiya va soliq gavanlariga qarshi kurashish;
  • pandemiyadan keyin iqtisodiyotni tiklash;
  • turizmning tez va barqaror tiklanishini tashkillashtirish;
  • xalqaro safarlarni tiklashga intilish;
  • Ekologiya bo‘yicha
  • global isish o‘sishini 1,5 darajada cheklash bo‘yicha choralar qabul qilish;
  • issiqxona gazlarining atrof-muhitga chiqarilishini qisqartirish.

 Energetika bo‘yicha

  • ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yish;
  • energiya xavfsizligini oshirish imkoniyatlarini o‘rganish.
  • Migratsiya muammolari bo‘yicha
  • migrantlarning integratsiyasi uchun choralar ko‘rish;
  • noqonuniy migrantlar oqimining oldini olish.

“Yigirmatalik” yetakchilari dunyoda iqtisodiy faollik ishonchli sur'atlar bilan tiklanayotganini qayd qilib o‘tishgan. Ular buni emlash sur'atlarining jadallashayotgani va siyosiy qo‘llab-quvvatlash bilan izohlashgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid