Toshkentda sug‘urta agentlari tomonidan 662 mln so‘mlik sug‘urta polislari talon-toroj qilingan
Shayxontohur tumanida sug‘urta agentlari tomonidan sug‘urta polislari talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mahkama huzuridagi departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruv davomida, yakka tartibdagi tadbirkorlar K.D. va K.R. “A.” MChJ shaklidagi sug‘urta kompaniyasining umumiy qiymati 662,1 mln so‘mlik jami 5 395 dona sug‘urta polislarini bitim asosida olgani aniqlangan.
Ma'lum qilinishicha, ushbu shaxslar sug‘urta polislarini realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larni jamiyatga o‘tkazmasdan o‘z ehtiyojlariga sarflab, talon-toroj qilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024