Vodiyda ham bo‘sh maydonlardan foydalanish ko‘ngildagidek emas - Shavkat Mirziyoyev
Aholini sifatli uy-joy bilan ta'minlash hamda ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi muhokama qilingan videoselektor yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov hisobotini tingladi.
«Iqtisodiyot bilan qanday shug‘ullansak, «Yashil makon» loyihasi bilan ana shunday shug‘ullanishimiz kerak. Bu xohish emas, majburiyat! Bu davlat miqyosidagi yangi siyosatimiz. Daraxtlar ekilmagan maydonlar juda ko‘p. Men hokimlik paytim dala chetlaridagi bo‘sh maydonlarga oshqovoq ektirardim.
Hozir na klaster, na fermer bo‘sh maydonlar bilan shug‘ullanyapti. Axir u yerlarga paxta uchun suv boradi-ku, baribir bo‘sh yotibdi, oshqovoq, tut ektirsa bo‘ladi. Tut bu pilla, pilla esa qo‘shimcha ish o‘rinlari degani. Qashqadaryoni qo‘yaturaylik, hozir vodiyda ham bo‘sh maydonlardan foydalanish ko‘ngildagidek emas», dedi prezident.
Mavzuga oid
12:39 / 12.11.2024
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdorning o‘zi korrupsiya bilan qo‘lga tushdi
13:10 / 10.11.2024
“Bahordan boshlab qishga tayyorlanamiz” – qish qarshisidagi farg‘onaliklar
19:16 / 21.10.2024
Keyingi yilda «Yashil makon» dasturi uchun 100 milliard so‘m ajratiladi
10:06 / 10.10.2024