Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda somon talashib pochchasini o‘ldirgan shaxs uzoq muddatga qamaldi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida somon talashib pochchasini o‘ldirgan shaxsga sud uzoq muddatli qamoq jazosini tayinlagan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 17 iyun kuni Koson tumanida ikki nafar shaxs dalada somon talashib janjallashib qolgan. Shundan so‘ng, ulardan biri ikkinchisini mashina shinasiga yel beradigan nasos bilan urib o‘ldirgan. Qotil hodisaga guvoh bo‘lgan bolalarga ham tashlangan, ammo ular qochib ketgan.
Dastlabki surishtiruvlarda aniqlanishicha, marhum qotilning pochchasi bo‘lgan va fermerlik bilan shug‘ullangan. U og‘zaki kelishuv bilan qaynisini ishga olgan va unga bug‘doy o‘rilgandan so‘ng 1,5 tonna bug‘doy va 2 gektar yerning somonini berishini aytgan. Bug‘doy o‘rilgandan so‘ng somon masalasida ular o‘rtasida kelishmovchilik chiqqan va o‘zaro janjal paytida qayni o‘z pochchasini mashina shinalariga yel beradigan nasos bilan urib o‘ldirgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sud tergov hujjatlari, jabrlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatmalarini o‘rganib chiqib hukm chiqargan. Unga ko‘ra sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j», «r» bandi bilan aybdor deb topilgan. Unga 18 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi berilgan.
Mavzuga oid
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi
15:56 / 15.04.2025