O‘zbekiston | 12:39 / 03.11.2021
485
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 1 700 dona «Tramadol Lannaxer 50» narkotik vositasini olib ketayotgan namanganlik shaxslar ushlandi

Samarqand viloyati Toyloq tumanida viloyat DXX, Bojxona boshqarmalari va IIB hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda 1700 dona «Tramadol» narkotik vositasini olib ketayotgan namanganlik shaxslar ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Illyustrativ foto

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 2 noyabr kuni Samarqand viloyati DXX, Bojxona boshqarmalari hamda IIB xodimlari hamkorligida Tayloq tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Namangan shahrida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan E.Sh. hamda G.X. Tayloq-Urgut yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan Cobalt mashinasi yukxonasidagi oyoq kiyim qutilari ichida 1700 dona «Tramadol Lannaxer 50» narkotik dori vositalarini yashirgani aniqlangan. Ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Ma'lum bo‘lishicha, ushbu shaxslar narkotik dori vositalarini Namangan shahrida 8 million 500 ming so‘mga sotib olib, Urgut tumanida yashovchi fuqaroga 2 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lishgan.

Qayd etilishicha, E.Sh. hamda G.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid