Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda «snos»ga tushgan hududda olib borilayotgan qazish ishlari paytida qadimiy qabrtoshlar topildi
2021 yil 2 noyabr kuni ijtimoy tarmoqlarda Samarqand aeroporti tomonlarda «snos»ga tushgan hududda olib borilayotgan qazish ishlari paytida tuproq ostidan qadimiy qabr toshlari topilgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Xabar yuzasidan Madaniy meros agentligi munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinishicha «Samarqand xalqaro aeroporti» MChJ xodimlari ma'lumoti asosida aeroport hududini rekonstruksiya qilish jarayonida «snos» bo‘lgan dala hovlilar o‘rnida aniqlangan qabr toshlar Samarqand arxeologiya instituti va SamDU tarix fakulteti xodimlari tomonidan borib o‘rganilgan.
O‘rganish jarayonida o‘lchami 154x50x34 santimetr bo‘lgan sandiq shaklidagi qabrtosh oq marmardan ishlangani va toshning usti va yon tomonlarida «Baqara» surasining 254-, 256-oyatlari tushirilgani ma'lum bo‘lgan. Dastlabki ko‘zdan kechirish paytida unda «Oqila bibi» degan yozuv yozilganligi aniqlangan. Qabrtoshning ayrim qismlari yaxshi saqlanmagani uchun qabrtosh tegishli bo‘lgan shaxsning dafn etilgan vaqti va to‘liq ism-sharifi haqida ma'lumot olishning iloji bo‘lmagan.
Ikkinchi qabrtosh ham sandiq shaklida bo‘lib, qora marmar toshdan ishlangan va unda hijriy 1049 (1659 yil) yil sanasi bitilgan. Toshning o‘lchami 116x37x25 santimetr. Qabrtosh sohibining ismi yozilgan tomoniga shikast yetganligi sabali hozircha bu borada ma'lumot mavjud emas. Ayni vaqtda tadqiqot ishlari davom etmoqda.
«Qabrtoshlar «Samarqand xalqaro aeroport» MChJ tomonidan Samarqand o‘lkashunoslik muzeyiga olib kelindi. Hozirda ularni tadqiq qilish ishlari davom etmoqda. Madaniy meros agentligi tomonidan o‘rganishlar yakuni bo‘yicha batafsil ma'lumot berilishini ma'lum qilamiz», deyiladi agentlik munosabatida.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
21:09 / 15.05.2025