Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdan Rigaga aviaqatnovlar soni oshiriladi
Uzbekistan Airways 2021 yil 12 noyabrdan boshlab Rigaga aviaqatnovlar sonini oshirmoqda. Bu haqda aviakompaniya xabarida aytilgan.
Endilikda, Toshkent - Riga - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaparvozlar haftasiga ikki marotaba - dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Ushbu kunlardagi aviaparvozlar quyidagi harakat jadvali bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt): Toshkentdan jo‘nab ketish - 09:30; Rigaga kelish - 12:00; Rigadan jo‘nab ketish - 15:00; Toshkentga kelish - 23:00.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha aviachiptalar narxi bir tomonga 2 425 539 so‘mdan (bagajsiz) va 2 798 698 so‘mdan (bagaj bilan), shuningdek, borish va qaytish bo‘yicha aviachiptalar 3 930 368 so‘mdan (bagajsiz) va 4 477 669 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.
Bundan oldin, Toshkentdan Kiyevga parvozlar soni oshirilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
13:42 / 02.05.2025
"Toshkent-Madrid" yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
13:49 / 12.04.2025