Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq ta'limi sohasida pedagoglar bilimini aniqlash maqsadida 5ta test markazi tashkil etiladi
Xalq ta'limi sohasida shaffof test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha loyiha ishga tushirilmoqda. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, xalq ta'limi muassasalarida faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog xodimlarning fan yo‘nalishlari hamda tegishli mutaxassisliklari bo‘yicha bilim darajasi va malaka toifasini aniqlash maqsadida zamonaviy test markazlarini tashkil etish tizimi joriy qilinmoqda.
Xalq ta'limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi Xalq ta'limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘qituvchilar uyushmasi huzuridagi Bilim va ko‘nikmalarni baholash markazi o‘rtasida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida loyiha amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida ilk bosqichda Toshkent shahrida, keyinchalik Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida jami 5 ta zamonaviy test markazlari ishga tushiriladi.
Testlar sun'iy intellekt yordamida yuzdan tanish texnologiyalari bilan jihozlangan va onlayn monitoring olib boriladigan test markazlarda amalga oshiriladi.
Vazirlik ma'lumotida aytilishicha, ushbu loyiha yordamida pedagoglar bilimini baholash jarayonida inson omili maksimal kamaytiriladi.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025