Jahon | 19:17 / 04.11.2021
2324
1 daqiqa o‘qiladi

JSST Yevropadagi COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatdan xavotir bildirdi

JSSTning fikricha, Yevropada vaziyatning yomonlashishi emlangan odamlar ulushining ozligi va cheklov choralarining yumshatilishi bilan bog‘liq.

Foto: AFP

Yevropada COVID-19 koronavirusi tarqalishi sur'ati xavotir uyg‘otmoqda, dedi JSSTning Yevropadagi mintaqaviy byurosi direktori Hans Klyuge.

«Biz yana epimarkazda qoldik», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Le Figaro gazetasi.

Klyugening aytishicha, Yevropa mintaqasidagi 53 mamlakatda infeksiya tarqalishi tezligi juda xavotirli.

«Agar ushbu tendensiya o‘zgarmasa, fevralga borib COVID-19 bilan bog‘liq yana 500 mingta o‘lim ro‘y berishi mumkin», — dedi u.

JSSTning fikricha, Yevropada vaziyatning yomonlashishi emlangan odamlar ulushining ozligi va cheklov choralarining yumshatilishi bilan bog‘liq.

Yevropa mintaqaviy byurosining ma'lumot berishicha, bir hafta davomida Yevropa mamlakatlarida koronavirus bilan bog‘liq gospitalizatsiyalar soni ikki baravarga oshgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid