Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvilining onasi Zelenskiydan o‘g‘liga yordam berishni so‘radi
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining onasi Giyuli Alasaniyani Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga murojaat qilib, undan qamoqxonada ushlab turilgan o‘g‘liga yordam berishni va uni davolash uchun Ukrainaga yetkazilishini tashkillashtirishni so‘radi.
Hozirda Saakashvili Rustavi shahrida qamoqxonada saqlanmoqda. U 1 oktyabrda hibsga olingan va shundan beri norozilik sifatida ochlikni davom ettirmoqda.
U ayni vaqtda Ukraina fuqarosi hisoblanadi.
“Men bizga oldin ham bir necha marta yordam bergan janob Zelenskiyga murojaat qilmoqchiman. Biroq bizga hozir uning alohida qo‘llab-quvvatlovi va yordami kerak. Mixailning biror yo‘l bilan Ukrainaga yetkazilishini tashkillashtirish lozim. U bu yerda tegishlicha davolanishi, parvarishlanishi va omon qolishi mumkin. U 35 kundan beri ochlikni davom ettirmoqda”, deb aytgan Saakashvilining onasi Zelenskiyga yo‘llagan videomurojaatida.
U o‘g‘lining sog‘lig‘idan xavotir bildirgan.
“Unga taklif qilinayotgan yagona narsa qamoqxona shifoxonasi bo‘lmoqda. U yerda tegishli mutaxassislar, bunday bemorlarni davolash uchun hech qanday sharoit yo‘q”, deb aytgan Giyuli Alasaniya.
Bir oydan ko‘proq vaqtdan beri ochlikni davom ettirayotgan Gruziyaning sobiq prezidenti oxirgi kunlarda holsizlanib, ahvoli istalgan daqiqada og‘irlashishi mumkinligi aytilgan.
Avvalroq Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili Saakashvilini afv etmasligini aytgandi.
Saakashvili 29 sentyabrda Ukrainadan Gruziyaga yashirincha kelgan. U 1 oktyabrda Tbilisida qo‘lga olingan. Unga vatanida bir nechta jinoiy ish ochilgan. Ularning ikkitasi bo‘yicha sobiq prezidentga 3 yillik va 6 yillik qamoq jazosi tayinlangan.
Saakashvili o‘zining qo‘lga olinishini noqonuniy deb atagan va ozod etilmagungacha ochlikni davom ettirishini aytgan.
Mavzuga oid
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
22:39 / 18.05.2025
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
22:32 / 18.05.2025