Jahon | 21:55 / 04.11.2021
4349
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada yangi mudofaa vaziri tayinlandi

Ukraina parlamenti - Oliy rada mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari, vaqtincha okkupatsiya qilingan hududlarning reintegratsiyasi masalalari bo‘yicha vazir Aleksey Reznikovni mudofaa vaziri lavozimiga tayinladi.

Foto: president.gov.ua

Reznikov nomzodini 276 deputat qo‘llab-quvvatlagan.

3 noyabrda rada o‘z yig‘ilishida mudofaa vaziri Andrey Taranning iste'fosini qo‘llab-quvvatlagan. Avvalroq ushbu lavozimni 2020 yildan beri egallab kelgan Taran iste'foga chiqish haqida ariza topshirgan.

Bundan tashqari, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, iqtisodiyot vaziri Aleksey Lyubchenko, bosh vazir o‘rinbosari, okkupatsiya qilingan hududlarning reintegratsiyasi masalalari bo‘yicha vazir Aleksey Reznikov, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy zaxiralar vaziri Roman Abramovskiy o‘z lavozimlaridan bo‘shatilgan.

Ukraina konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident tashqi ishlar va mudofaa vaziri lavozimlariga nomzodlarni parlamentga tasdiqlash uchun ilgari suradi. Hukumatning qolgan a'zolari bevosita rada tomonidan tayinlanadi. Vazirlar ham parlament tomonidan bo‘shatiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid