Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks. Abdumalik Halokov finalda jahon chempioniga yutqazib, kumush medalga sazovor bo‘ldi
Serbiya poytaxti Belgradda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida final bellashuvlari davom etmoqda.
Foto: O‘BF
-60 kg vaznda o‘zbekistonlik Abdumalik Halokov finalda 2017 yilgi jahon chempioni, fransiyalik Sofiyan Oumiaga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ma'lumot uchun, buxorolik 21 yoshli bokschi finalgacha Daniyal Shaxbash (Eron, jarohat tufayli ringga chiqmagan), Vsevolod Shumkov (Rossiya), Tadey Chernoga (Sloveniya), Yasin Lyama (Makedoniya) ustidan g‘alaba qozongandi.
Shunday qilib, barcha 13ta vazn toifasida jahon chempionatiga borgan O‘zbekiston boks jamoasi musobaqani 1ta kumush va 1ta bronza (-92 kg, Madiyar Saidrahimov) medali bilan yakunladi.
Mavzuga oid
20:41 / 26.02.2025
World Boxing federatsiyasi XOQ tomonidan vaqtincha tan olindi
21:01 / 13.01.2025
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri faoliyatini yakunladi
22:36 / 28.12.2024
Boks. To‘lqin Qilichev – Osiyoda yil murabbiyi deb e’lon qilindi, yana ikki o‘zbekistonlik ayol bokschi tengsiz bo‘ldi
17:39 / 09.12.2024