Dahshatli va ko‘zni qamashtiruvchi tabiat hodisasi: eng ta'sirli 10ta qum bo‘roni fotosuratlarda
Tez-tez qum bo‘ronlari hodisasi ro‘y beruvchi mamlakatlar aholisi buning aslida qo‘rqadigan joyi yo‘qligi, asosiysi o‘zini qanday tutishni bilish kerakligini ta'kidlashadi.
Bo‘ron yaqinlashayotganini go‘yo to‘satdan bo‘shliqqa tushib qolgandek, atrofda vujudga kelgan aql bovar qilmas sukunat hissi orqali oldindan tushunish mumkin. Bu sukunat insonda tushuntirib bo‘lmas havotir uyg‘otadi. Biroq tez orada sabab uzoqda emasligini anglaysiz. Ufqda kichik bulut paydo bo‘ladi, bir necha daqiqa o‘tgach esa tumanli, to‘q rangdagi bulutga aylanadi.
Nima qilish kerak? Asosiysi – vahimaga berilmaslik. Bunday katta ko‘lamli hodisa bilan kurashish ma'nisiz. Tabiatning qo‘li baland kelishi aniq, shuning uchun ishonchli joy topib, bo‘ron o‘tib ketishini kutish kerak.
Agar aholi yashash punktidan tashqarida bo‘lsangiz, u holda xaroba, avtomobil va katta o‘lchamdagi toshlar boshpana rolini bajarishi mumkin. Shamol turgan tarafdan qochib, yashirinish kerak bo‘ladi. Ko‘z, og‘iz va burunni chang hamda qumdan himoya qilish uchun istalgan kiyim bilan boshni o‘rash kerak. Mato orqali nafas oling. Aks holda chang o‘pka va burun-halqumga kiradi.
Bo‘ronlar ko‘pincha o‘tayotgan siklonlar tufayli yuzaga keladi. Yilning issiq davrida atmosfera bosimining pastligi ham keng tarqalgan sabablardan biridir. Qizigan qumlar havoni juda isitib yuboradi va yuqoriga ko‘tariladi. Uning o‘rnini esa aql bovar qilmas tezlikdagi sovuq oqim egallaydi. Bu qum bo‘ronlariga aylanuvchi mahalliy siklon hosil bo‘lishiga olib keladi.
Aynan shuning uchun ham cho‘llarga yaqin joylashgan aholi punktlari uchun qum bo‘ronlari – odatiy holat. Shunga qaramay, bu juda hayajonli manzara. Quyidagi suratlar falokat filmlari sahnalariga o‘xshaydi.
Mavzuga oid
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
10:27 / 02.11.2024
In qurishga xomashyo, suzish uchun sol: yovvoyi tabiat plastikka qanday qilib moslashdi?
15:46 / 30.10.2024