Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada 11 yil ichida 2 mingdan ko‘proq o‘qituvchi terrorchilar qurboni bo‘lgan
Nigeriya shimoli-sharqidagi Adamava, Borno va Yobe shtatlarida oxirgi 11 yil ichida “Boko harom” terrorchi guruhi jangarilari qo‘lidan 2300 ga yaqin o‘qituvchi halok bo‘lgan, 19 ming o‘qituvchi o‘z yashash joyini tark etishga majbur bo‘lgan. Bu haqda Nigeriya shimoli-sharqini rivojlantirish komissiyasi direktori Muhammad Alkaliyga tayanib Leadership nashri xabar berdi.
“Nigeriya shimoli-sharqida ta'lim shundoq ham yomon ahvolda bo‘lgan, “Boko harom” hujumlari sababli yuz bergan inqiroz boshlanishi bilan vaziyat yanada yomonlashgan. Oxirgi 11 yil ichida 2300 ga yaqin o‘qituvchi o‘ldirilgan, 19 ming nafari o‘z yashash joyini tark etgan. 2014 yildan beri 1500 ta maktab yo‘q qilingan”, deb ma'lum qilgan Alkaliy.
Avvalroq Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy 12 mlndan ko‘proq bola jinoyatchilar tomonidan o‘g‘irlanishi mumkinligidan qo‘rqib, maktabga borishdan bosh tortayotganini ma'lum qilgan.
“Boko harom” guruhi Nigeriya shimolida shariat qonunlarini o‘rnatish maqsadida teraktlar va hujumlar sodir etib keladi. Guruh jangarilari bir necha yildan beri hukumatga qarshi urush olib bormoqda. Ular ko‘p hollarda harbiy va politsiya obektlarini nishonga oladi, diniy jamoalar yetakchilariga qarshi hujumlar sodir etadi.
Mavzuga oid
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi
13:23 / 27.01.2025
Nigeriya biznesi O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda
01:47 / 19.01.2025