Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada taksichini o‘ldirib, «Spark»ni olib qochgan 4 nafar shaxs ushlandi
Farg‘onada taksi haydovchisini o‘ldirib, mashinasini olib qochgan 4 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati prokuraturasi matbuot kotibi Kun.uz muxbiriga xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, 2021 yilning 16 oktabr kuni Qo‘shtepa tumani Xumdon mahallasi hududidagi zovur yoqasidan erkak kishining jasadi topilgan. Surishtiruv natijasida erkak Marg‘ilon shahar, «Alisher Navoiy» MFYda yashagan 34 yoshli S.Y. ekani aniqlandi.
Tergov jarayonida ma'lum bo‘lishicha, Marg‘ilon shahar Ahmad Yassaviy mahallasida yashovchi A.A. tanishlari – 2001 yilda tug‘ilgan M.M. hamda A.M. bilan jinoiy til biriktirib, avtoulovni bo‘laklarga bo‘lib sotishni reja qilgan.
15 oktabr kuni soat 21:00larda A.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan «Lacetti» rusumli avtomashinasida jinoiy sheriklarini Farg‘ona shahrida joylashgan O‘lkashunoslik muzeyi yoniga tashlab qo‘ygan.
A.A Qo‘shtepa tumani, Xumdon mahallasiga borib, rejani amalga oshirish maqsadida sheriklarini kutib turgan. Bu orada M.M. va A.M. haydovchi S.Y. boshqaruvida bo‘lgan «Spark» avtomashinasiga o‘tirib Xumdon mahallasiga kelgan.
Haydovchini bo‘g‘ib, pichoq bilan turli joylariga tan jarohati yetkazgan guruh «Spark»ni noma'lum joyga olib qochgan.
Mazkur jinoyat ishi doirasida 4 nafar shaxsga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi «i», «p» bandlari, 164-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan ayb e'lon qilinib, sud ajrimi bilan qamoqqa olish tarzdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
16 oktabr kuni Qo‘shtepa tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi
15:56 / 15.04.2025