Onlayn pul o‘tkazmalari: Apelsin va Western Union qulaylikning yangi darajasini taqdim etadi

Foto: Apelsin
Har birimiz hayotimizda kamida bir marotaba bo‘lsa ham zudlik bilan xalqaro pul o‘tkazmasini yuborish yoki qabul qilish zaruratiga duch kelganmiz. Ammo yurtimizdagi aksariyat banklarda xalqaro pul o‘tkazmasini birinchidan, faqat ish kunlarida, ikkinchidan, ma'lum soatlardagina amalga oshirish mumkin. Qabul qiling, bankda bo‘lish har doim ham qulay emas, ayniqsa, tig‘iz ish kunlarida. Apelsin ushbu muammoni qanday qilib hal etdi?
Apelsin Western Union tizimi bo‘yicha onlayn pul o‘tkazmalari xizmatini ishga tushirdi – bu O‘zbekistonda moliyaviy operatsiyalar sohasida misli ko‘rilmagan voqeadir.
Endilikda siz haftaning istalgan kunida mablag‘ jo‘natish va qabul qilish hamda yaqinlaringiz bilan, nafaqat messenjerlarda aloqada bo‘lishingiz, balki haftasiga 7 kun 24 soat davomida ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishingiz mumkin.

Western Union pul o‘tkazmasini jo‘natish yoki qabul qilish uchun sizga bor-yo‘g‘i smartfon va Kapitalbankdan hisob qaydnomasi kerak bo‘ladi xolos.
“Apelsin ilovasi menyusidagi “Xalqaro o‘tkazmalar” bo‘limida Western Union tizimini, so‘ngra sizga kerak bo‘lgan tartibni – pul mablag‘larini jo‘natish yoki qabul qilishni tanlang. Ilova sizga oddiy bosqichma-bosqich ko‘rsatmani taklif qiladi, uning yordamida pul o‘tkazmasini jo‘natish yoki qabul qilishingiz juda qulay va oson bo‘ladi”, - deya tushuntirdi Kapitalbank boshqaruv raisi o‘rinbosari Timur Emirsaliyev.
Mazkur yangi xizmatning o‘ziga xos jihati shundaki, Apelsin ilovasidan foydalanuvchilar Western Union tarmog‘ida 200 dan ortiq mamlakat va hududlarni qamrab olgan pul jo‘natish va qabul qilish imkoniyatiga egadir.
“Western Union – xalqaro pul o‘tkazmalari sohasidagi yetakchi kompaniya hisoblanadi. Biz hamisha o‘z mijozlarimizga pul o‘tkazishning eng qulay usullarini taklif etishga harakat qilamiz. Mamlakatimizdagi eng innovatsion banklardan biri bo‘lgan “Kapitalbank” bilan hamkorligimiz tufayli endilikda O‘zbekistondagi mijozlar uydan chiqmasdan turib xalqaro pul o‘tkazmalarini tez va qulay tarzda jo‘natish va qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar”, - dedi Western Union Sharqiy Yevropa va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy vitse-prezidenti Andrey Ageyev.

Apelsin ilovasida siz yuborilgan pul o‘tkazmasini oluvchiga yetib borgunga qadar bekor qilishingiz yoki tahrir qilishingiz mumkin. Ilova shuningdek, uzatish holatini kuzatib borish imkonini beradi.
Xizmatdan foydalanish uchun siz Apelsin ilovasida identifikatsiya qilingan foydalanuvchi bo‘lishingiz, ya'ni Kapitalbankning istalgan kartasiga ega bo‘lishingiz lozim. Shuningdek, Western Union o‘tkazmalarini jo‘natish va to‘lashda foydalanish uchun AQSh dollarida maxsus hisob ochishingiz kerak bo‘ladi. Identifikatsiya qilingan mijozlar bunday hisobni Apelsin ilovasi orqali ochishlari mumkin bo‘ladi.
Apelsin – O‘zbekistondagi milliondan ortiq foydalanuvchi afzal deb bilgan birinchi bank ilovasi hisoblanadi. Mazkur universal to‘lov tizimida siz o‘z moliyangizni boshqarishning ko‘plab variantlarini topasiz. Shuningdek, Apelsin ilovasi turli aksiyalarda qatnashish va bonuslarni qo‘lga kiritish imkonini ham beradi.
Apelsin ilovasini yuklab oling: Android uchun | iOS uchun
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Mavzuga oid

11:38 / 13.03.2022
Xalqaro to‘lov tizimlari Rossiyadan chiqib ketishi o‘zbekistonlik migrantlarning pul o‘tkazmalariga ta’sir qiladimi?

22:48 / 10.03.2022
Western Union Rossiya va Belarusdagi faoliyatini to‘xtatdi

12:41 / 01.03.2022
Apelsin Rossiyadan pul o‘tkazmalari qabul qilishni to‘xtatdi

13:59 / 28.05.2021