Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apelsin Rossiyadan pul o‘tkazmalari qabul qilishni to‘xtatdi
Apelsin raqamli banki rubl valutasidagi pul o‘tkazmalarini vaqtincha to‘xtatmoqda. Bu haqda bank o‘zining mobil ilovasi orqali mijozlarga xabarnoma jo‘natgan.
«Rossiyaga rubl valutasida pul yuborish va qabul qilish yuqori volatillik sababiga ko‘ra vaqtincha mavjud emas. VISA, MasterCard va Western Union pul o‘tkazmalari odatdagi rejimda ishlamoqda», deyiladi bank izohida.
Shuningdek, pul operatsiyalarini tiklash muddati ko‘rsatilmagan.
Avvalroq, Hamkorbank 25 fevraldan boshlab Rossiyaning Sberbankiga tegishli mobil ilova orqali o‘zining plastik kartalariga yuborilayotgan mablag‘larni kartalarga kirim qilishni vaqtinchalik to‘xtatgandi. 28 fevral kunidan boshlab ushbu amaliyot qayta tiklangani ma’lum qilingan.