Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda «Lacetti» yuk tashuvchi teplovoz bilan to‘qnashdi. Haydovchi vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Koson tumanida teplovoz va "Lacetti" ishtirokida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma'lumot tarqaldi. IIV YHXBB holat bo‘yicha rasmiy xabar berdi.
Joriy yilning 4 noyabr kuni soat 20:00larda Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, Mudin qishlog‘i hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 149-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan S.T. "Lacetti" rusumli avtomobilni boshqarayotib, temiryo‘l kesishmasiga chiqib ketishi oqibatida "Buxoro-Qarshi" yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan yuk tashuvchi teplovoz bilan to‘qnashgan.
Hodisa natijasida "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025