Jahon | 20:44 / 07.11.2021
3666
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada iqtisodiyot va aholini qo‘llab-quvvatlashga 265 milliard dollar ajratish rejalashtirilmoqda

Foto: AP

Yaponiya hukumati koronavirus pandemiyasidan aziyat chekkan aholi va iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 30 trln iyendan (265 mlrd dollar) ko‘proq summaga choralar paketini qabul qilishni rejalashtirmoqda

Kyodo axborot agentligining xabar berishicha, ushbu paket mamlakatda yashovchi barcha oilalardagi 18 yoshdan kichik har bir bolaga 100 ming iyendan (880 dollar) bir martalik to‘lovni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu qaror haqida 19 noyabrda rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.   

Hukumat, shuningdek, har bir fuqaroga 30 ming iyenlik (265 dollar) summaga ball qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu yerda gap indentifikatsion raqamlar tizimi haqida bormoqda. Ushbu tizim bo‘yicha ballar bilan turli tovarlar va xizmatlarga to‘lovni amalga oshirish mumkin.

2020 yilda Yaponiyaning har bir fuqarosi va mamlakatda yashovchi har bir xorijlik pandemiya ortida aholini qo‘llab-quvvatlash doirasida 100 ming iyendan olgan edi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid