Jahon | 20:39 / 08.11.2021
2450
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziyada kovidga qarshi emlangan pensionerlarga pul to‘lanadi

Pul koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi olinganidan so‘ng to‘lab beriladi.

Foto: iStock

Gruziyada koronavirusga qarshi emlangan pensionerlarga 200 laridan (63 dollar) pul beriladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Irakliy Garibashvili ma'lum qildi, deb xabar berdi Imedi.

«Bugundan boshlab, 1 yanvargacha emlangan har bir pensioner 200 lari miqdorida bir martalik pul oladi», — dedi Garibashvili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, pul koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi olinganidan so‘ng to‘lab beriladi.

Mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 755 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 10,5 ming bemor vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid