Andijonda 18 yoshli yigit kaltaklanib, kanalga tashlab yuborilgani aytildi. Hodisaga Bosh prokuratura izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Baliqchi tumanida 2003 va 1996 yilda tug‘ilgan ikki yigit qiz sababli o‘zaro janjallashib qolgani, unashtirilgan qizi 2003 yilda tug‘ilgan yigit bilan oldin ham, unashtiruvdan keyin ham uchrashib yurganini bilgan 26 yoshli yigit, o‘sha bolani urib, kanalga tashlab yuborgani haqidagi xabar tarqaldi.
Mazkur xabarga Bosh prokuratura munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 5 noyabr kuni L.Z. yashash xonadonidan noma'lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
Mazkur holatda L.Z. qotillik qurboni bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, ushbu vaziyatga kelgusida tergov yo‘li bilan tekshirib, aniqlik kiritish maqsadida joriy yilning 7 noyabr kuni JKning 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlarini o‘tkazish bilan bir qatorda, bedarak yo‘qolgan L.Z.ni topish yuzasidan barcha tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Tergov natijasi yuzasidan qo‘shimcha xabar qilinadi.
Mavzuga oid
21:47 / 15.11.2024
Qotil giyohvand bo‘lgan: 3 yoshli bolani o‘ldirgan erkak ustidan sud boshlandi
18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti
19:18 / 02.11.2024
Archazordan topilgan odam boshi – Qo‘shtepadagi qotillik tafsiloti
19:02 / 31.10.2024