Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chetdan tovar olib kirish uchun bojxona to‘lovini aniqlash bo‘yicha dastlabki qarorni qabul qilish tartibi belgilanadi
Davlat bojxona qo‘mitasining “O‘zbekistonga olib kiriladigan tovarlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari miqdorini aniqlash bo‘yicha dastlabki qarorni qabul qilish tartib-taomillarini belgilash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Prezidentning “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonida bojxona organlariga bojxona organlari tovarlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari miqdorini aniqlash uchun TIF qatnashchisining arizasiga asosan dastlabki qarorni qabul qilish vakolati berilgan.
Qaror loyihasi bilan:
- O‘zbekistonga olib kiriladigan tovarlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari miqdorini aniqlash bo‘yicha dastlabki qarorni qabul qilish to‘g‘risidagi nizom;
- O‘zbekistonga olib kiriladigan tovarlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarini aniqlashda bojxona organlari tomonidan dastlabki qaror qabul qilish to‘g‘risida interaktiv xizmat ko‘rsatishning reglamenti tasdiqlanmoqda.
O‘zbekistonga olib kiriladigan tovarlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari to‘g‘risidagi dastlabki qarorni olish tadbirkorlik sub'yektlari uchun ixtiyoriy hisoblanadi.
Loyihada O‘zbekistonga olib kiriladigan tovarlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarini aniqlashda bojxona organlari tomonidan dastlabki qaror qabul qilish tartib-taomillari belgilanmoqda.
Xususan:
- manfaatdor shaxs tomonidan dastlabki qaror olish uchun ariza bilan murojaat qilish tartibi;
- bojxona organlari tomonidan arizani ko‘rib chiqish va ro‘yxatga olish tartibi;
- bojxona organlari tomonidan dastlabki qarorni qabul qilish, taqdim etish yoki rad etish tartibi belgilanmoqda.
Bildirilishicha, mazkur tartibning amaliyotga tatbiq etilishi tadbirkorlik sub'yektlariga o‘zlari tomonidan olib kelingan tovarlar uchun to‘lanadigan bojxona to‘lovlari qiymatini oldindan aniqlash va bu orqali bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarf etiladigan vaqtni qisqartirishga hamda bojxona to‘lovlari to‘liq va to‘g‘ri undirilishiga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025