Termizda talabaning puli va telefonlarini o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: dvitex.ru
Termiz shahrida talabaning puli va ikkita telefonini o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 12 oktabr kuni Termiz shahrining Chegara mahallasida yashovchi, kollej talabasi R.Kamol shahar IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z murojaatida joriy yil 24 sentabr kuni uyidan narxi 600 ming so‘m va narxi 500 ming so‘m bo‘lgan ikkita telefonini hamda 500 ming so‘m pulini noma'lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu o‘g‘rilikni Denov tumanida yashovchi, Ch.Davron sodir etgani aniqlangan va undan ashyoviy dalillar olingan.
Qayd etilishicha, joriy yil 21 oktabr kuni Ch.Davronga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

20:07 / 22.04.2025
2025 yil birinchi choragida 4,7 ming kishi ozodlikdan mahrum qilindi

07:56 / 09.04.2025
Termizda Afg‘oniston fuqarolari uchun stomatologiya klinikasi filiallari ochilishi mumkin

14:13 / 16.02.2025
Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

17:19 / 13.02.2025