Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda fuqaroni Koreya respublikasiga o‘qishga yuborishni va'da qilgan firibgar aniqlandi
Toshkent shahrining Olmazor tumanida tanishlari orqali Janubiy Koreya Respublikasiga o‘qishga yuborishni va'da qilib, noqonuniy boylik orttirmoqchi bo‘lgan firibgar aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tumani bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.M. S.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Janubiy Koreya Respublikasiga o‘qishga yuborishini va'da qilib, evaziga 2 300 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Surxondaryoda uy olib berish va o‘qishga kiritib qo‘yishni aytib fuqarolarning pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlangani va Qoraqalpog‘istonda 29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan shaxs 83 000 dollar bilan ushlangani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025