O‘zbekiston | 13:11 / 10.11.2021
3058
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda 144 tonna unni o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida 144 tonna unni o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: 24.kz

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 22 oktabr kuni Buxoro viloyatida yashovchi I.Shamsi Denov tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida 2021 yil 15 avgustdan 4 sentabr kuniga qadar, o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan MChJdan Uzun tumanida yashovchi D.D. va boshqalar umumiy qiymati 543 million 300 ming so‘m bo‘lgan 144 tonna unni olib, pullarni bermasdan o‘zlashtirib ketganini ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, joriy yil 26 oktabr kuni D.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryoda mahalla raisi o‘rinbosari aholiga tarqatiladigan un pulini o‘zlashtirgani aniqlandi

Surxondaryoda aholiga ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilgan sobiq boshliq va ombor mudiriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid