Xitoyning sun'iy yo‘ldoshi bo‘lagi Xalqaro koinot stansiyasiga xavf solmoqda
Xitoyning Fengyun-1C sun'iy yo‘ldoshi bo‘lagi 12 noyabrda Xalqaro koinot stansiyasiga yaqinlashishi kutilmoqda. Ayni vaqtda koinot stansiyasini obekt bilan to‘qnashuvdan olib qochish bo‘yicha harakatlar amalga oshirilmoqda.
Gap 2007 yilda Xitoy tomonidan sun'iy yo‘ldoshlarga qarshi qurol sinovlari vaqtida nishonga olingan sun'iy yo‘ldosh haqida bormoqda. Qurilma bo‘lagi 12 noyabrda stansiyaga xavfli masofaga yaqinlashadi. Ayni vaqtda obektlar trayektoriyalarini va ularning yaqinlashish ko‘rsatkichlarini hisoblash ishlari olib borilmoqda.
Ta'kidlanishicha, Rossiyaning parvozlarni boshqarish markazi 10 noyabrda koinot stansiyasini fazoviy chiqindi bilan to‘qnashuvdan olib qochish bo‘yicha manyovrlarni amalga oshirishi va bu maqsadda “Progress MS-18” yuk kemasi yordamida stansiya balandligini 1,2 kilometrga oshirishi kutilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, ushbu manyovr 12 noyabrda Crew Dragon kemasining koinot stansiyasiga tutashishiga xalaqit bermaslik uchun ertaroq amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
00:49 / 15.09.2024
Eron Chamran-1 sun’iy yo‘ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli chiqardi
16:15 / 12.09.2024
«Soyuz MS-26» kemasining Rossiya va AQShdan bo‘lgan ekipaji XKSga yetib bordi
00:32 / 18.08.2024
Britaniya birinchi harbiy sun’iy yo‘ldoshini orbitaga uchirdi
09:12 / 10.08.2024