Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada antirekord: bir sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 50 mingdan ortiq holat aniqlandi
Bir kun avval 39 676ta, bir hafta avval esa 33 949ta holat qayd etilgandi.
Germaniyada o‘tgan sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 50 mingdan ortiq holat aniqlandi – bu pandemiya boshlanganidan buyon rekord ko‘rsatkich hisoblanadi, deb yozmoqda Spiegel.
Bir kun avval 39 676ta, bir hafta avval esa 33 949ta holat qayd etilgandi.
Oxirgi sutkada 235ta o‘lim qayd etilgan, bir hafta avval 165 nafar bemor vafot etgandi.
O‘z navbatida, koalitsion hukumat tashkil etish bo‘yicha muzokara olib borayotgan uchta partiya kasallanish holatlari o‘sishiga qaramasdan umummilliy favqulodda holat rejimini uzaytirmaslikka kelishib oldi. Ammo niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash rejimini 2022 yil martigacha saqlab qolish ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025