O‘zbekiston | 11:14 / 11.11.2021
1107
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryodagi fotoradarda qayd etilgan qoidabuzarlik haqidagi xabarnoma boshqa haydovchiga yuborildi

Foto: Kun.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududida o‘rnatilgan fotoradarda qayd etilgan qoidabuzarlik boshqa haydovchiga yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 1 noyabr kuni soat 23:00da Chiroqchi tumani hududida davlat raqami 01 L 215 QB bo‘lgan Equinox mashinasi haydovchisi MJtKning 128-3-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgani holati onlayn tarzda ishlaydigan maxsus avtomatlashtirilgan fotoradar orqali aniqlangan. 

Ushbu holat rasmiylashtirish jarayonida avtomashinaning davlat raqam belgisi 01 L 215 QB deb tasdiqlanishi lozim bo‘lsa-da, texnik xatolik sababli 01 S 215 QB deb noto‘g‘ri tasdiqlangan. Tekshirish jarayonida xatolik aniqlanib, u joyida bartaraf etilgan va huquqbuzarlikni sodir qilgan davlat raqami 01 L 215 QB bo‘lgan Equinox mashinasi haydovchisiga nisbatan MJtKning 128-3-moddasi 3-qismi bilan 2 million 430 ming so‘mlik jarima belgilangan.

«2021 yil 1 noyabr kuni texnik xatolik sababli davlat raqami 01 S 215 QB bo‘lgan Lacetti mashinasiga nisbatan MJtKning 128-3-moddasi 3-qismi bilan rasmiylashtirilgan jarima solish to‘g‘risidagi qaror to‘liq bekor qilingan», deyiladi munosabatda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid