Tergov departamenti tizimida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi
Tergov departamenti tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar bermoqda.
Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - IIB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ramazon Ashropov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i o‘rinbosari - IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili - mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i, podpolkovnik Elyorbek G‘aniyev egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Avvalroq, IIV tizimida ikkita lavozim tayinlovi amalga oshirilgandi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024