Jahon | 22:17 / 12.11.2021
4533
1 daqiqa o‘qiladi

Myanmada amerikalik jurnalist 11 yilga qamaldi

Sud 37 yoshli Denni Fensterni viza rejimini buzish va taqiqlangan tashkilotlar bilan muloqot qilishda aybdor deb topgan.

Foto: AFP

Myanma sudi terrorchilik faoliyati va isyonga da'vat qilishda ayblangan amerikalik jurnalist Denni Fensterni 11 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar berdi Reuters agentligi.

Frontier Myanmar internet jurnali bosh muharriri bo‘lgan 37 yoshli Fenster isyonga da'vat qilish hamda immigratsiya va noqonuniy birlashmalar to‘g‘risidagi qonunlarni buzishda aybdor deb topilgan. Agentlikning yozishicha, u oxirgi yillarda Myanmada qamoqqa hukm qilingan birinchi g‘arblik jurnalistdir.

Sud uni viza rejimini buzish va taqiqlangan tashkilotlar bilan muloqot qilishda aybdor deb topgan.

Myanmada shu yilning fevralida hukumat tepasiga harbiylar kelgandi. Ular qator faollar va parlament a'zolarini hibsga olgan hamda hukmron «Demokratiya milliy ligasi» partiyasini 2020 yil noyabrdagi saylovlar natijalarini soxtalashtirishda ayblagan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid