Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda fuqaroning elektr energiyasidan qarzdorligini yo‘q qilib berishni aytib pul olgan shaxs ushlandi
Samarqand viloyati Ishtixon tumanida fuqaroning elektr energiyasidan qarzdorligini yo‘q qilib berishni aytib pul olgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda, Ishtixon tumani elektr ta'minoti korxonasi xodimi R.T. fuqaro X.ga nisbatan tuzilgan dalolatnomani hamda elektr energiyasidan qarzdorligini yo‘q qilib berish va ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 5 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025