Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalar uyida o‘tayotgan bolalik - Farg‘onadagi bolalar uyidan reportaj
Kimdir ota-ona mehriga, kimdir tirnoqqa zor. Bolalar uyiga qandaydir sabab bilan tashlab ketilgan bola qachonlardir ona-onasi, yaqinlari uni olib ketishini kutib yashaydi. Bola ulg‘aygan sari asl ota-onasi kimligini bilishga intiladi...
Farg‘ona shahridagi 1-sonli bolalar uyi faoliyati bilan tanishish maqsadida mazkur maskanga kirdik. Bu yerda hammasi boshqacha edi. Bolalar uyidagi bolalarga xodimlarning barchasi birdek onalik qilardi. Maskanda tarbiyalanayotgan bolalar bor mehrni mana shu xodimlardan olardi...
Bolalar uyi direktori Faridaxon Xoldorovaning ma'lum qilishicha, maskanda yil boshida 46 nafar bola tarbiyalangan. Hozirda bolalar uyida 28 nafar bola qolgan. Kimningdir yaqinlari olib ketgan. Yana kimlardir vasiylikka, oilalarga bolalikka berilgan.
Bolalar uyida yangi tug‘ilgan chaqaloqdan to 7 yoshga kirgan bolagacha tarbiyalanar ekan.
Tarbiyalanayotgan bolalardan ba'zi birlari o‘zlari yod olgan she'rni aytib berdi. Ularning ko‘pi ota-ona haqida she'r bilar ekan.
Qaysi bir bola ota-onasi borligini bilmaydi. Bilganlari esa bir kun kelib ularni olib ketishlarini kutib yashaydi...
Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri
Mavzuga oid
15:14 / 01.06.2024
“Har bir bola haqiqiy mehrni oilada oladi” – Senat raisi
14:20 / 20.10.2023
“Vasiy ota qizlarni zo‘rladi, boshqasi aldadi, endi adolatni suddan kutamiz” – huquq faollari pedofil amaldorlar ishi haqida
19:16 / 06.06.2023
Qashqadaryoda 13 yoshli qizni zo‘rlagan oilaviy bolalar uyi rahbari 12 yilga qamaldi
22:51 / 08.04.2023