Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyati prokuraturasi xodimi 15 ming dollar pora bilan ushlandi

Andijon viloyat prokuraturasida mas'ul lavozimda ishlovchi Q. ismli shaxs pora olayotgan vaqtda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi. Bosh prokuratura matbuot xizmati holatni tasdiqladi.
“12 noyabr kuni taxminan soat 23:00 larda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati prokuraturasi xodimi 15 000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan. Hozirda tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda”, – deya Kun.uz'ga ma'lum qildi bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.
Qo‘lga olingan prokuratura xodimi hokimning jiyani ekani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma'lumot o‘z tasdig‘ini topmadi.
Avvalroq DXX Jizzax viloyatida tuman prokurorini 2 ming dollar pora bilan, Samarqand viloyatida tuman prokurori o‘rinbosarini 10 ming dollar pora bilan qo‘lga olgandi. Sentyabr oyida jamoatchilikka ochiqlangan bu holatlar aynan qaysi tumanlarda ro‘y bergani hozirgacha noma'lum bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid

08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi

07:40 / 21.05.2025
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi

11:27 / 20.05.2025
Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

19:09 / 14.05.2025