Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qo‘shni ayolni pichoqlagan erkakka hukm o‘qildi
Samarqand viloyati Urgut tumanida qo‘shnining uyiga bosqinchilik qilish uchun kirib, qo‘shni ayolga 17 marta pichoq urgan erkakka hukm o‘qilgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat sudi matbuot kotibi xabar berdi.
Foto: AP
Ma'lum qilinishicha, Urgut tumanida yashovchi erkak bosqinchilik qilish maqsadida qo‘shni hovliga kirgan. Qo‘shni ayol I.I. payqab qolgach unga pichoq bilan tashlangan. U ayolga bolalarning ko‘z o‘ngida 17 marta pichoq urgan. So‘ng uyiga ketgan.
Og‘ir tan jarohatlari olgan ayolga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va uning hayoti saqlab qolingan. O‘ziga kelgan ayol pichoq urgan shaxsni qo‘shnisiga o‘xshatganini aytgan. Shundan so‘ng, gumondor shaxs qo‘lga olinib unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki surishtiruvda gumondor shaxs spirtli ichimlik ta'siri ostida bo‘lgani ma'lum bo‘lgan va u mastlikda qo‘shnisining uyiga bosqinchilik qilish uchun kirganini va buni avvaldan rejalashtirib kelganini tan olgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toyloq tumani sudida mazkur jinoyat ishi yuzasidan bo‘lib o‘tgan sud majlisida erkakka hukm o‘qilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan hujjatlar, shuningdek guvohlar va ayblanuvchining ko‘rsatmalarini eshitib sud 41 yoshli D.M.ni Jinoyat kodeksining 97-moddasi «j» va «i» bandlari, 164-moddasi 3-qismi «v» va «g» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan deb topgan va 16 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.
Samarqandda xotini va qaynonasini o‘ldirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
Surxondaryoda 17 yoshli yigitning vafotiga sabab bo‘lgan qoidabuzar haydovchiga sud hukmi o‘qildi
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025