Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat favqulodda holat to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni ko‘rib chiqadi
Senat kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Senat raisi Tanzila Norboyeva olib bordi. Majlisda Senat yigirma birinchi yalpi majlisini 2021 yil 18 noyabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Video-konferens-aloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar muhokama qilinadi. Jumladan, senatorlar “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun, “Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqadi.
Shuningdek, “Intellektual mulk obektlari to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonunlar ham kun tartibi doirasida muhokama etiladi.
Bundan tashqari, “Og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘simliklar karantini va himoyasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar senatorlar e'tibor markazida bo‘ladi.
Shuningdek, “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma'muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun muhokama qilinadi.
Yalpi majlisda Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktorining O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlari bajarilishi holati haqidagi axborotini eshitish rejalashtirilgan.
Senatorlar aholini ichimlik suvi bilan ta'minlashdagi muammolar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalarini ko‘rib chiqadi.
Shu bilan birga, homilador va reproduktiv yoshdagi ayollar hamda go‘daklarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam holati hamda yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlarning mehnat munosabatlari bilan bog‘liq masalalarda ish beruvchilarning mas'uliyatini oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborish masalalari muhokama etiladi.
Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2020 yil va 2021 yilning o‘tgan davridagi faoliyati yuzasidan hisobotini ham eshitish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
12:23 / 28.05.2025
Hayvonlarni identifikatsiya qilish jarayonlari tartibga solinadi
16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi
16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi
13:00 / 30.04.2025