Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 14,4 million so‘mlik pirotexnika vositalari to‘xtatib qolindi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 14,4 million so‘mlik pirotexnika vositalari to‘xtatib qolingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 13 noyabr kuni soat 14:20 larda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan olingan ma'lumotlar asosida, Milliy Gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Koson tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida, Koson tumanida joylashgan to‘yxonalardan birining oldida to‘xtab turgan fuqaro N.A. boshqaruvidagi «Damas» mashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning salonida umumiy qiymati 14,4 million so‘mlik 480 qutidan iborat «Treniya» yozuvli noqonuniy pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, qonunbuzar fuqarodan olib qo‘yilgan pirotexnika, qonuniy qaror qabul qilingunga qadar vaqtinchalik saqlovga olingan.
Mavzuga oid
21:14 / 24.03.2025
Qashqadaryo viloyatida IIBning qator mulozimlari ishdan olindi
17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi
13:48 / 02.01.2025
GFRda 5 kishi pirotexnika tufayli halok bo‘ldi
12:02 / 30.12.2024