Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda SEOM xodimlarining qariyb 500 million so‘mlik ish haqlari to‘lab berilmagani uchun boshqarma mulklari xatlandi
Qashqadaryo viloyatida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlarining qariyb 500 million so‘mlik ish haqlari to‘lab berilmagani uchun boshqarmaning mulklari xatlangan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limi ish yurituvida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Qashqadaryo viloyat boshqarmasidan o‘z xodimlariga 485 million 567 ming 740 so‘mlik ish haqi, ma'naviy zarar va maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish pullarini undirish haqidagi jami 15 ta ijro hujjatlari mavjud.
Qayd etilishicha, ijro hujjatlaridan 13 tasi bevosita 2020 yilda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot xodimlari foydasiga rag‘batlantirish pullarini undirish bilan bog‘liq.
Ushbu ijro hujjatlari yuzasidan qarzdor tashkilotga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obekti, Nexia-3 va Gentra avtomobillari xatlab olingan hamda Nexia-3 mashinasi elektron onlayn auksion savdosiga chiqarilgan.
Bundan tashqari qarzdorliklarni o‘z vaqtida to‘lash chorasini ko‘rmagani uchun boshqarma bosh hisobchisi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 198-moddasi 2-qismiga asosan BHMning 10 baravari miqdorida jarima jazosiga tortilgan.
Mavzuga oid
20:19 / 20.05.2022
1 iyundan ish haqi 12 foizga oshirildi
07:39 / 05.04.2022
Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqini hisoblash avtomatlashtiriladi
17:35 / 15.03.2022
2021 yilda o‘zbekistonliklarning ish haqi darajasi qanday bo‘ldi?
09:56 / 14.03.2022