Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
13 yoshli nabira bobosining 65 ming dollar pulini o‘g‘irladi
Yangiqo‘g‘on tumanida nabira bobosining sandiqda saqlanayotgan 65 ming dollar pulini o‘g‘irlagan. Bu haqda Namangan viloyat IIB matbuot xizmati xabar bergan.
Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1954 yilda tug‘ilgan fuqaro avgust oyidan noyabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida uyidagi sandig‘idan noma'lum shaxs 65.000 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligi bo‘yicha IIBga murojaat qilgan.
Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakillari va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, tumandagi maktabning 7-sinf o‘quvchisi, 2008 yilda tug‘ilgan nabirasi sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025