Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya o‘zbekistonlik talabalarning bepul ta'lim olishi uchun kvotalar miqdorini uch barobarga oshiradi
Rossiya keyingi o‘quv yilida o‘zbekistonlik talabalar uchun RF oliy o‘quv yurtlarida bepul ta'lim olish kvotalari miqdorini 750 o‘ringa oshirishi mumkin. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov Rossiya-O‘zbekiston ikkinchi ta'lim forumida ma'lum qildi.
«So‘nggi uch yil ichida Rossiya tomoni har yili federal budjet hisobidan O‘zbekiston fuqarolariga Rossiya oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun ajratiladigan grant o‘rinlarini bosqichma-bosqich oshirib bormoqda», - dedi vazir.
Kelgusi 2022/2023 o‘quv yilida Rossiya hukumati tomonidan taqdim etilgan kvotalar soni 750 o‘rinni tashkil etishi kutilmoqda, bu 2018 yilga nisbatan uch baravar ko‘pdir.
«Biz buni Rossiya tomonining mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun malakali kadrlar tayyorlashga qo‘shgan salmoqli hissasi deb bilamiz.
Rossiya universitetlarining ulkan ilmiy salohiyati muhandislik, tibbiyot va gumanitar sohalardan boshlab, juda keng yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lish imkonini beradi», — dedi Abduqodir Toshqulov.
Vazir bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiyaning 15 ta yetakchi oliy o‘quv yurtlarining filiali faoliyat yuritayotganini, ulardan 12 tasi 2018 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda ochilganini ta'kidladi.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025