«Toshkent suv ta'minoti» Olmaliq shahar filiali boshlig‘i pora bilan ushlandi
Tadbirkordan pora talab qilgan “Toshkent suv ta'minoti” Olmaliq shahar filiali boshlig‘i va muhandisi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, “Toshkent suv ta'minoti” Olmaliq shahar filiali boshlig‘i I.Sh. filialning yetakchi muhandisi F.K. bilan oldindan til biriktirib, “F.L.” MChJ ta'sischisi E.dan savdo majmuasini qurishda sarflanayotgan suv uchun rasmiylashtirilgan bayonnomani bazaga kiritmaslik evaziga 2 000 AQSh dollari pora talab qilib, shundan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi

12:15 / 28.04.2025
Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi

12:36 / 24.04.2025