15 noyabr kuni ikki tumanda YTH. Ikki qurbon
15 noyabr kuni Namangan viloyatining ikki tumanida YTH sodir bo‘lgan. Ikki holatda ham o‘lim qayd etilgan. Bu haqda Namangan viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
15 noyabr kuni soat 15:20 larda, Pungon-Namangan yo‘lining To‘raqo‘rg‘on tumanidan o‘tgan qismida 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro "Neksiya-2" mashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Shu kuni soat 15:50 larda, Chust-Karkidon yo‘lining Bibiona mahallasidan o‘tgan qismida 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro "Matiz" mashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, "Damas" mashinasi bilan to‘qnashgan.
Natijada, Matiz rusumli avtomashina haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan hamda "Damas" rusumli avtomashina haydovchisi bosh miya chayqalishi, bosh miya yopiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
16:39 / 15.11.2024
Namangan viloyat sudi raisi o‘rinbosarining qilmishi yashirilmoqda: yopig‘lik qozon yopig‘ligicha qoladimi?
12:19 / 07.10.2024
Namanganda o‘zganing fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs ushlandi
18:33 / 02.10.2024
Namanganda qadimiy yerosti yo‘laklari, isitish tizimi va sopol quvurlar topildi
21:19 / 05.09.2024