Jahon | 15:35 / 19.11.2021
2607
1 daqiqa o‘qiladi

Avstriyada 22 noyabrdan umumiy lokdaun joriy etiladi

Bu davr mobaynida barcha ommaviy va madaniy tadbirlar bekor qilinadi, ovqatlanish va madaniyat muassasalari, savdo nuqtalari, maktablar yopiladi.

Foto: AP

Avstriyada 22 noyabrdan umummilliy lokdaun e'lon qilindi, deb xabar berdi ORF. Bu haqda kansler Aleksandr Shallenberg va sog‘liqni saqlash vaziri Volfgang Myukshteyn ma'lum qildi.

Lokdaun o‘n kundan kam, 20 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga joriy etiladi.

Bu davr mobaynida barcha ommaviy va madaniy tadbirlar bekor qilinadi, ovqatlanish va madaniyat muassasalari, savdo nuqtalari, maktablar yopiladi.

“Biz beshinchi to‘lqin kelishini xohlamaymiz”, – dedi Avstriya kansleri.

Xabar qilinishicha, Avstriyada 1 fevraldan majburiy vaksinatsiya joriy etiladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid