Novosibirskda xitoylik migrantlarga hujum qilgan 6 nafar o‘zbekistonlik qamaldi
Novosibirskda O‘zbekistonning 6 nafar fuqarosi Xitoy fuqarolariga hujum sodir etganlikda aybdor deb topildi. Ulardan biri qotillikda ham ayblandi.
Novosibirsk sudi Novosibirsk oblastidagi issiqxona majmuasida ishlagan xitoyliklarga hujum qilgan 6 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan iborat jinoiy guruhga hukm chiqardi.
Ulardan 5 nafari 8 yildan 10 yilgacha muddatga koloniyaga jo‘natildi, qotillikda aybdor deb topilgan yana bir migrant 16 yilini tikanli sim ortida o‘tkazadi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi mintaqaviy boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, jinoiy guruh 2019 yil yozida issiqxona majmuasi hududida Xitoy fuqarolariga kamida ikki marta hujum qilgan. Ular o‘z qurbonlarini kaltaklashgan va narsalarini o‘marib ketishgan, hujum paytida xitoyliklardan biri o‘ldirilgan. Hujumlar natijasida yetkazilgan jami zarar 1,7 million rubl (23 ming dollar)ga baholanmoqda.
Hukm hali qonuniy kuchga kirmagan, deyiladi mahkama taqdim etgan ma'lumotda.
Mavzuga oid
08:30 / 11.09.2024
Novosibirskda og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatildi
14:51 / 20.05.2024
Rossiyada fuqaro harbiy komissarlikka o‘t qo‘yishni rejalashtirgani uchun 25 yilga qamaldi
17:40 / 11.04.2024
Novosibirskda migrantlarga «ov», Xarkiv va Donetsk oblastlariga zarbalar. Urush suratlari
13:51 / 20.01.2024